Ishonch yorliqlarini Misr Arab Respublikasi Elchisi Ibtissam Raxa Ahmad Hasan, Serbiya Respublikasi Elchisi Vladimir Yovichich, Lyuksemburg Buyuk Gertsogligi elchisi Tomas Risen, Avstraliya Elchisi Jon Uilyam Giering, Kolumbiya Respublikasi Elchisi Hektor Isidro Arenas Neyra, Suriya Arab Respublikasi elchisi Bashar Jafariy topshirdilar.
Davlat rahbari diplomatlarni o‘z missiyasining rasmiy boshlanishi bilan tabriklar ekan, Qozog‘istonning tinchliksevar va konstruktiv tashqi siyosatiga e’tibor qaratdi.
“Biz barcha davlatlar, avvalo, eng yaqin qo‘shnilarimiz bilan yaqindan hamkorlik qilishni va yaxshi munosabatlarni saqlab qolishni istaymiz. Ishonamanki, bu yo‘lda bizni ulkan muvaffaqiyatlar kutmoqda va biz turli yo‘nalishlarda, jumladan, iqtisodiy hamkorlik, sarmoyaviy va siyosiy muloqotni mustahkamlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz. Ishonchim komilki, Qozog‘iston xalqaro maydondagi ishonchli hamkoringiz bo‘ladi”, - dedi Prezident.
Qosim-Jomart Tokayev elchilarga muvaffaqiyatlar tiladi va ular o‘z vazifalarini bajarish davomida Qozog‘iston hukumati tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidladi. Shuningdek, ularning davlat rahbarlariga eng ezgu tilak va salomlarini yo’lladi.