Ishtirokchilar Yevropa Ittifoqining Global Gateway tashabbusini, hamda Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi transport aloqalarini barqaror rivojlantirish uchun O‘rta koridorning ahamiyatini muhokama qildilar. Transkaspiy koridori nafaqat Xitoy va Yevropa o‘rtasidagi qit’alararo bog‘lovchi, balki mintaqaviy savdoni qo‘llab-quvvatlash va YeI, Turkiya, Kavkaz va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi ta’minot zanjirlarini harakatlantirish vositasi sifatida ham ko‘riladi.
Markaziy Osiyoda transport loyihalarini muvofiqlashtirish mexanizmini yaratish, Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo biznes hamjamiyatlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yaxshilash zarurligi qayd etildi.
Batafsil: https://orient.tm/ru/post/72413/transkaspijskij-koridor-stal-temoj-vstrechi-v-bryussele