Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
18.09.2024
|
71
O‘zbekiston va Germaniya boshqaruv kadrlarini tayyorlash bo‘yicha qo‘shma maktabni ishga tushirdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya kansleri Olaf Shols Menejer kadrlarini tayyorlash qo‘shma maktabining ochilish marosimida ishtirok etdi.
O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Xanns Zaydel jamg‘armasi va Bavariya davlat siyosati maktabi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan loyiha mamlakat hududlarida boshqaruv salohiyatini oshirishga qaratilgan.
Davlat rahbarlariga loyihada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni yaxshilash, xorijiy sarmoyalarni jalb etish, ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirishga qaratilayotgan e’tibor haqida ma’lumot berildi.
Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom