Tadbir Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan birgalikda tashkil etiladi.
Forum davomida Ch.Aytmatovning adabiy merosi va uning siyosiy-falsafiy g‘oyalari, ularning ijtimoiy jarayonlarga ta’siri, mustaqillikning dastlabki yillarida Markaziy Osiyo respublikalari davlatchiligini mustahkamlashga ta’siri, kabi masalalar yuzasidan fikr almashiladi. Shuningdek, mintaqa mamlakatlari xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hamjihatliktni mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.
Ijodiy kechada Qirg‘iziston Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligi hamda Ch.Aytmatov nomidagi Xalqaro Issiqko‘l forumi vakillari mehmon sifatida ishtirok etadi.
Shuningdek, tadbirda bir qator davlatlarning elchilari va diplomatlari, rasmiy shaxslari, jamoatchilik, O‘zbekiston va Qirg‘izistonning ilmiy-tadqiqot muassasasi, O‘zbekiston qirg‘iz milliy madaniyat markazi vakillari va ikki davlat talabalari ishtirok etadi.
Forum milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlarining yetakchi telekanallari va internet nashrlari tomonidan keng yoritiladi.