Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
25.02.2025
|
257
Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekiston o'rtasidagi tarixiy uch tomonlama sammit 2025 yilning martiga belgilangan
Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston prezidentlarining tarixdagi ilk uch tomonlama sammiti 2025-yil 31-mart kuni Xoʻjandda boʻlib oʻtadi, bu haqda Qirgʻiziston bosh vaziri oʻrinbosari Edil Baysalov Jenevada boʻlib oʻtgan BMT Inson huquqlari kengashining 58-sessiyasida maʼlum qildi.
Baysalov Qirgʻiziston-Tojikiston davlat chegarasi boʻyicha yakuniy kelishuvni yirik diplomatik yutuq sifatida qayd etdi. U 2002-yilda boshlangan muzokaralar yakuniga yetganini ko‘rsatuvchi kelishuv eng murakkab masalalarni ham hal etishda muloqot, o‘zaro hurmat va ishonch kuchidan dalolat ekanini ta’kidladi.
 
2025-yil 21-fevralda Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida 980 kilometrlik chegarani delimitatsiya qilish to‘g‘risidagi tarixiy bitim imzolanib, hamkorlikning mustahkamlanishi va mintaqaviy barqarorlik uchun poydevor qo‘yildi.
Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom