Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
27.04.2025
|
581
“Chashma” bulog‘i — O‘zbekiston va Qirg‘iziston do‘stligining ramzi
24-aprel kuni Toshkentda O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat delegatsiyalari qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar davlat chegarasi loyihasini tasdiqlab, “Chashma” bulog‘ini Qirg‘iziston hududida qoldirish va uni birgalikda foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Ushbu buloq mahalliy darajada ikki chegara tomonidagi hamjamiyatlar uchun hayotiy muhim tabiiy suv manbai bo’lib, tarixan ikki xalq o‘rtasidagi chuqur rishtalarning ramzi bo‘lib kelgan.

O‘zbekiston fuqarolariga bulog‘ga erkin kirish va suv hajmining uchdan ikki qismini foydalanish huquqi taqdim etiladi. Suv sifati va hajmiga ta’sir qiladigan harakatlar kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Qabul qilingan qarorlar do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

???? Batafsil: https://gov.uz/oz/news/view/49038

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom