O‘z ma’ruzasida Elchi Yu Chzyun Xitoyning zamonaviy geosiyosiy sharoitdagi tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlarini bayon etadi, 2025–2026-yillar uchun Xitoy–O‘zbekiston hamkorligining asosiy yo‘nalishlarini yoritadi, shuningdek, Astana shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo–Xitoy” sammiti hamda Tyanjinda rejalashtirilgan SHHT sammiti bo‘yicha o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashadi.
Tadbirda akademik doiralar, diplomatik korpus va yetakchi tahliliy markazlar vakillari ishtirok etadi. Ular ma’ruza doirasida savollar yo‘llash hamda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy takliflarni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ma’ruzadan so‘ng, Xitoy Elchixonasi tomonidan MOXI kutubxonasiga ixtisoslashtirilgan adabiyotlarning ikkinchi to‘plamini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi. Ushbu kitoblar orasida Xitoy tarixi, huquqi, iqtisodiyoti va madaniyatiga oid asarlar, Si Szinpin nutqlari to‘plamlari hamda “yashil texnologiyalar” bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar mavjud.
Mazkur marosim 2025-yil yanvar oyida boshlangan ilmiy-fond dasturining mantiqiy davomiga aylanishi, MOXI tadqiqotchilarini Xitoy bo‘yicha chuqur tadqiqotlar olib borishlari uchun dolzarb manbalar bilan ta’minlashni maqsad qilgan.
Tadbir O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi yuqori darajadagi siyosiy va gumanitar muloqotni yana bir bor tasdiqlaydi, shuningdek, ilmiy-tahliliy hamkorlikni mustahkamlash va qo‘shma fanlararo loyihalarni shakllantirish uchun qo‘shimcha platforma vazifasini o‘taydi.