Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
30.05.2025
|
573
Tojikiston Prezidenti Pokiston Bosh vaziri bilan uchrashdi
Dushanbeda Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon va Pokiston Islom Respublikasining Bosh vaziri Shahboz Sharif uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Pokiston Bosh vaziri Dushanbega muzliklarni saqlab qolishga bag‘ishlangan birinchi yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun tashrif buyurgan edi.
Uchrashuvda xavfsizlik, mudofaa, energetika, transport va kommunikatsiya sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlovchi strategik CASA-1000 loyihasining ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Prezident Rahmon mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirish, transport infratuzilmasini kengaytirish hamda Pokiston portlariga chiqishni ta’minlashga qiziqish bildirdi. Shuningdek, Pokistonning Tojikiston ilgari surayotgan iqlim o‘zgarishi va suv bo‘yicha xalqaro tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlayotgani qayd etildi.
Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom