Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
06.07.2025
|
376
O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston yashil energetika yo‘lagini yo‘lga qo‘ymoqda
O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘istonning energetika kompaniyalari Yevropaga “yashil” elektr energiyasini yetkazib berish loyihasini amalga oshirish uchun Green Corridor Union LLC qo‘shma korxonasini tuzdilar. Kompaniya Boku shahrida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, unga Farhod Mammadov rahbarlik qiladi.

1-iyul kuni “Azerenerji” (Ozarbayjon), “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” va Qozog‘istonning KEGOC kompaniyalari tomonidan korxona ustaviga imzo chekildi.

Mazkur loyiha ishtirokchi davlatlarning energetika xavfsizligini mustahkamlash va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. 2030-yildan boshlab O‘zbekiston ortiqcha “yashil” elektr energiyasini Qozog‘iston va Ozarbayjon orqali Yevropaga eksport qilishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, Markaziy Osiyo, Kavkaz va Yevropani yagona energetika yo‘lagi bilan bog‘lash maqsadida Qora dengiz ostidan kabel yotqizish loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Energetika vazirligiga ko‘ra, O‘zbekiston 2 dan 5 GVtgacha elektr energiyasini eksport qilishga tayyor.

???? Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/38567?single

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom