Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
16.07.2025
|
463
Oʻzbekiston va Qozogʻiston “Bevosita Transit” loyihasini yo‘lga qo‘yadi
Birinchi ishchi guruh yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra, Qozog‘iston Moliya vazirligi Davlat daromadlari qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi Bojxona qo‘mitasi “Bevosita Transit” pilot loyihasini amalga oshirishga oid o‘zaro manfaatdorlikni tasdiqladi.
Loyihaning asosiy maqsadlari:
???? Savdo jarayonlarini soddalashtirish va bojxona rasmiylashtiruvi vaqtini qisqartirish
???? Elektron yuk kuzatuv hujjatlarini joriy etish
???? Ikkala davlat bojxona xizmatlarining axborot tizimlarini integratsiya qilish
Pilot bosqichni 2026 yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan. Tomonlar konstruktiv dialogni davom ettirish, normativ-texnik bazani tayyorlash va natijalarni birgalikda nazorat qilish bo‘yicha kelishib olishdi.
???? Batafsil: https://www.gov.kz/memleket/entities/kgd/press/news/details/1034556?lang=ru