Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
20.08.2025
|
201
O‘zbek va qozoq ziyolilarining Birinchi forumi bo‘lib o‘tdi
Ostona shahrida «Umumiy tarixiy-madaniy meros – hamkorlikning yangi ufqlari» mavzusida O‘zbekiston va Qozog‘iston ilmiy-ijodiy ziyolilari ishtirokida birinchi forum o‘tkazildi.

Tadbirda ikki xalqni bog‘lab turgan tarixiy, madaniy va ma’naviy ildizlar alohida ta’kidlandi. Forum ilm-fan, ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek, yoshlarni faol jalb etish orqali yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yishga xizmat qildi.

Ishtirokchilar Navoiyning Astanada, Abay haykalining Toshkentda barpo etilishi, qo‘shma ta’lim dasturlari va ko‘plab madaniy tadbirlarni ikki davlat o‘rtasidagi yaqinlik ramzi sifatida qayd etdilar.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom