Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
20.08.2025
|
240
Qozog‘iston Prezidenti Qirg‘izistonga rasmiy tashrif buyuradi
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 21-avgust kuni Qirg‘iziston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan keladi.

Tashrif doirasida ikki mamlakat rahbarlari tor doiradagi muzokaralar va Oliy Davlatlararo Kengashning yettinchi yig‘ilishini o‘tkazadilar. Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari va qirg‘iz-qozoq munosabatlarini yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar.

Dasturga muvofiq, «Do‘stlikning oltin ko‘prigi» monumentini ochish marosimi, Qozog‘iston Bosh konsulligining O‘sh shahrida ochilishi, L.N. Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universitetining filialini ochish, Qirg‘izistonda Qozog‘iston kino kunlari hamda Bishkek shahrida uchinchi qirg‘iz-qozoq Yoshlar forumi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom