Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
21.08.2025
|
415
Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri AQSh Davlat kotibi bilan uchrashdi
2025-yil 20-avgust kuni Vashington shahrida Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida turkman-amerika munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Siyosiy-diplomatik hamkorlik, jumladan har yili o‘tkaziladigan maslahatlashuvlarning ahamiyati ta’kidlandi. Investitsiya va texnologiyalar sohasida sheriklikni kengaytirish hamda Turkmaniston–Amerika Biznes kengashining roli qayd etildi. Shuningdek, ta’lim, fan va madaniyat yo‘nalishlarida hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

AQSh Davlat kotibi alohida bayonotida Vashingtonning Turkmaniston bilan iqtisodiy va savdo aloqalarini kengaytirish niyatida ekanini, shuningdek, mintaqaviy integratsiyani «C5+1» diplomatik platformasi orqali ilgari surib, Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga hissa qo‘shishini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom