???? Kemasozlik sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi, O‘zbekiston Kaspiyda o‘z paromlarini yaratishga tayyorligini bildirdi.
???? Yuk tashish tariflarini o‘zaro kamaytirish va yagona tarif siyosatini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
???? Fuqaro aviatsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytirish protokoli imzolandi.
???? Energetika yo‘nalishida Kaspiydagi uglevodorod konlarini o‘zlashtirish va “yashil” elektr energiyasini Yevropaga eksport qilish loyihalari muhokama qilindi.
???? Transport yo‘laklarini kengaytirish, jumladan Transafg‘on va O‘rta koridorlarni bog‘lash hamda Turkmanboshi va Boku portlarini rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi.
Prezidentlar ushbu tashabbuslar mintaqaviy integratsiyani mustahkamlashga, savdo va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga xizmat qilishini qayd etdilar.