Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
27.08.2025
|
171
Prezident Mirziyoyev: «Yalpi ichki mahsulot shiddat bilan o‘sib, bugun 115 milliard dollarga yetdi»
O‘tgan 8 yil ichida O‘zbekiston YAIM hajmi 115 mlrd dollarga yetdi, Xalqaro valyuta jamg‘armasi prognoziga ko‘ra, 2025 yilda iqtisodiyot hajmi 130 mlrd dollardan oshadi – bu tarixiy rekord.

Sanoat eksporti 2016-yildagi 28 mlrd dollardan 2024-yilda 62 mlrd dollarga yetdi.
Qurilish sohasida: o‘tgan yili bajarilgan ishlar hajmi 23 mlrd dollarni tashkil etdi – bu 2016-yildagidan 4 baravar ko‘p.
8 yil ichida 500 mingdan ortiq kvartira qurildi – bu mustaqillikning dastlabki 25 yilidagi ko‘rsatkichdan 4 marta ko‘p.
Mahallalar infratuzilmasi va qishloqlarni obodonlashtirish uchun 60 trln so‘m yo‘naltirildi.
Talabalar soni 279 mingdan 1,5 millionga yetdi, oliy ta’lim qamrovi **40%**ni tashkil etdi.
Turizm eksporti 500 mln dollardan 3 mlrd dollarga oshdi.
IT mahsulotlari eksporti 1 mlrd dollarga yetdi – 7–8 yil avval bunday natijaga ishonch kam edi.

Prezident ta’kidladi: har bir natija, avvalo, inson qadrini ulug‘lash va xalqimiz hayot sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom