Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
27.08.2025
|
224
Qozog‘iston Prezidenti va Tojikiston Milliy Majlisi raisi uchrashuvi
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Tojikiston Milliy Majlisi raisi Rustami Emomalini qabul qildi.

Muloqotda strategik sheriklik va ittifoqchilikni yanada mustahkamlash istiqbollari, parlamentlararo hamkorlik, savdo-iqtisodiy aloqalar va suv xo‘jaligi masalalari muhokama qilindi.

Davlat rahbari ikki tomonlama munosabatlarning izchil rivojlanayotganini qayd etdi va Rustami Emomalining tashrifi muloqotni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Rustami Emomali esa Prezident Emomali Rahmonning salomlarini yetkazib, Qozog‘istonni Tojikistonning ishonchli ittifoqchisi va strategik sherigi ekanini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida Qasim-Jomart Toqayev Rustami Emomalini strategik sheriklikni chuqurlashtirishdagi xizmatlari uchun “Do‘stik” II darajali ordeni bilan taqdirladi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom