Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
29.08.2025
|
246
Tojikiston Prezidenti Qozog‘iston Bosh vazirining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
28-avgust kuni Dushanbeda Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleuni qabul qildi.
Suhbatda siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik masalalari, shuningdek, MDH va «Markaziy Osiyo – Rossiya» sammitlariga tayyorgarlik ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish maqsadida Do‘stlik, qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi Shartnoma imzolandi.