- Uchrashuvlarda harbiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma tayyorgarlik tizimini takomillashtirish, tajriba va amaliy bilim almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
- Samimiy ruhda o‘tgan muloqotlar davlatlar o‘rtasidagi ishonch va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda yangi qadamlar qo‘yilishiga zamin yaratdi.
- Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi bunday do‘stona muloqot va hamjihatlik nafaqat mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlaydi, balki umumiy tinchlik, barqaror taraqqiyot va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.