Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
21.10.2025
|
87
2025-yilda Markaziy Osiyo + AQSh sammitini o‘tkazish taklif etildi
Kongress a’zolari Sydney Kamlager-Dove va Bill Huizenga 2025-yil oxirigacha Markaziy Osiyo + AQSh sammitini shaxsan o‘tkazishni so‘rab Donald Trumpga murojaat qildilar. Sammitni C5+1 hamkorlik formatining 10 yilligiga bag‘ishlab Vashingtonda o‘tkazish taklif etilgan. Maktubda Markaziy Osiyo strategik muhim mintaqa sifatida e’tirof etilgan. O‘zaro munosabatlarda xavfsizlik, kritik minerallar sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish hamda Jackson-Vanik tuzatishini bekor qilish taklif etilgan. Sammitning o‘tkazilishi AQShning mintaqa bilan keyingi o‘n yillikdagi munosabatlariga asos bo‘ladigan tarixiy imkoniyat ekanligi ta’kidlangan. Batafsil: https://kamlager-dove.house.gov/sites/evo-subsites/kamlager-dove.house.gov/files/evo-media-document/c5-1-letter-final.pdf
Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom