Prezident Donald Tramp raisligida o‘tgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdi.
“Markaziy Osiyo – AQSh” sammitida iqtisodiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik, raqamli rivojlanish, transport, qishloq xo‘jaligi, energetika, mineral resurslardan foydalanish, sarmoya kiritish masalalari muhokama qilindi.
Ushbu sammit Markaziy Osiyo va AQSH o‘rtasidagi strategik muloqotni rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab berishi ta’kidlandi.
“C5+1” formati doirasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH yetakchilari qator tashabbuslarni ilgari surdilar.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev navbatdagi sammitni Samarqand shahrida o‘tkazishni taklif qildi.
Sammit yakunida ko‘p tomonlama hujjatlar qabul qilindi.