Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
13.11.2025
|
76
Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqotining majlisi o‘z ishini yakunladi
2025-yil 12-noyabrda Toshkentda “Xotin-qizlar huquqlari va gender tenglikni taʼminlashda global hamda mintaqaviy yondashuvlar” mavzusidagi Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqotining majlisi o‘z ishini yakunladi.
Sessiyalar doirasida xotin-qizlarning siyosiy ishtiroki, iqtisodiy faolligi, tadbirkorlik, taʼlim va reproduktiv salomatlik sohalaridagi imkoniyatlari keng muhokama qilindi.
Muloqot majlisi yakunida Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. U Markaziy Osiyo mamlakatlarida xotin-qizlar huquqlari, gender tenglik va barqaror rivojlanish masalalarini ilgari surishga bag‘ishlangan mintaqaviy saʼy-harakatlarni eʼtirof etadi.
Shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollarining mintaqaviy hamkorlikni yana-da mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma tashabbusi — Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlariga yo‘llangan Murojaatnoma taqdim etildi.
Batafsil: https://senat.uz/events/post-4373