Anonslar
14.11.2025
|
168
MOXI O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shartnoma imzolanganining 20 yilligini nishonlaydi
2025 yil 14 noyabr kuni Markaziy Osiyo Xalqaro Instituti (MOXI) “O‘zbekiston – Rossiya: ittifoqchilik munosabatlarining yigirma yilligi va hamkorlikning yangi istiqbollari” mavzusida davra suhbatini o‘tkazadi.

Rossiyaning Toshkentdagi Elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan ushbu tadbir O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shartnoma imzolanganining 20 yilligiga bag‘ishlanadi.

Davra suhbatida diplomatlar, ekspertlar, shuningdek, O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari, tahliliy markazlari va akademik doiralari rahbarlari hamda vakillari ishtirok etadi.

Tadbir davomida savdo va investitsiyalar, energetika, mehnat migratsiyasi, shuningdek, ilmiy-ma’rifiy hamda madaniy-gumanitar almashinuvlar sohalarida O‘zbekiston–Rossiya hamkorligining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinadi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom