Anonslar
25.11.2025
|
270
Toshkentda "Koreya - Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligini chuqurlashtirish: kelajak haqidagi umumiy qarashlar" mavzusidagi ekspertlar forumi bo‘lib o‘tadi
2025-yil 26-noyabr kuni Toshkent shahrida " Koreya - Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligini chuqurlashtirish: kelajak haqidagi umumiy qarashlar" mavzusidagi forum tashkil etiladi.

Forum Markaziy Osiyo xalqaro instituti hamda Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida o’tkaziladi.

Tadbirda Koreya va Markaziy Osiyo mamlakatlarining davlat organlari, yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari, diplomatik korpus rahbarlari, akademik doira mutaxassislari, shuningdek, professorlar, o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etadi.

Forum davomida ishtirokchilar Koreya va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini muhokama qiladilar, fikr almashadilar va 2026-yilda rejalashtirilgan «Markaziy Osiyo + Koreya Respublikasi» birinchi sammitiga tavsiyalar ishlab chiqadilar.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom