Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
12.12.2025
|
667
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 12-dekabr kuni Ashxobod shahrida Tinchlik va ishonch xalqaro forumida nutq so'zladi
O‘zbekiston Prezidenti bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Asosiy tezislar:

✅ O'zbekiston Prezidenti o'z nutqida Turkmanistonni doimiy betaraflikning 30 yilligi bilan samimiy tabriklab, Turkmanistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikda Tinchlik va betaraflik universitetini tashkil etish bo'yicha tashabbusini qo'llab-quvvatladi.

✅ Davlatimiz rahbari O'zbekiston tomonidan ilgari surilgan tinchlik, totuvlik va barqaror taraqqiyot uchun intilayotgan barcha tomonlarni muloqotga jalb etishga qaratilgan umumiy xavfsizlik va farovonlik yo'lida birdamlik bo'yicha Samarqand tashabbusiga alohida e'tibor qaratdi

✅ Mamlakatimiz Prezidenti tinchlik va zo'ravonlikdan xolilik madaniyatini qo'llab-quvvatlash bo'yicha global harakatni rag'batlantirish, siyosiy muloqot asosida davlatlar o'rtasida ishonchni mustahkamlash, jahonda bag'rikenglik, hamjihatlik va birdamlik muhitini qaror toptirishga ko'maklashishni Qo'shilmaslik harakatidagi bo'lajak raisligi davrida O'zbekistonning bosh ustuvor yo'nalishlari sifatida belgiladi

✅ Davlatimiz rahbari kelgusi avlodlar manfaatlari yo'lida mojarolarni hal qilish borasidagi sa'y-harakatlarni qo'llab-quvvatlash uchun 2027-yilni Preventiv diplomatiya yili deb e'lon qilish, uning doirasida konferensiya va forumlar tashkil etish, parlament, jamoat va yoshlar delegatsiyalarining o'zaro almashuvlarini qamrab oladigan tadbirlar dasturi qabul qilish tashabbusini ilgari surdi

✅ O'zbekiston yetakchisi o'zaro ishonch, hurmat va jipslik tamoyillari Markaziy Osiyoni tinchlik, hamkorlik va yaxshi qo'shnichilik makoniga aylantirish borasidagi siyosatning asosi ekanligini qayd etdi

✅ O'tgan oyda Toshkentda bo'lib o'tgan mintaqa davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi hamjihatlikni mustahkamlash, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta'minlash bo'yicha birgalikdagi harakatlar, ko'pqirrali iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga Markaziy Osiyo mamlakatlari tayyor ekanliklarini yana bir bor ko'rsatganligiga alohida e'tibor qaratdi

✅ Turkmanistonning konstruktiv va tinchliksevarlik siyosati Markaziy Osiyoda barqarorlik va taraqqiyotni ta'minlashning muhim omili hisoblanishiga, shuningdek Afg'onistonni mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga jalb etish va infratuzilmaviy bog'liqlikni kuchaytirish orqali tinch yo'l bilan rivojlantirishga ko'maklashish masalalari bo'yicha bizning mamlakatlarimiz yondashuvlari to'liq mos kelishiga alohida urg'u berdi

✅ O‘zbekiston Prezidenti Turkmanistonning zamirida tinchlik va ishonch kabi ezgu g'oyalar mujassam bo'lgan bu takliflari Ashxobodning mintaqa davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvlari formatida raisligi davomida kun tartibidan munosib o'rin egallashiga ishonch bildirdi.

✅ Mamlakatimiz yetakchisi oʻzaro hurmat, ishonch va hamjihatlikka asoslangan gumanitar hamkorlikni ilgari surish muhimligini taʼkidlab, kelgusi yili Toshkentda “Madaniyatlar muloqoti” qoʻshma xalqaro gumanitar forumini o’tkazish va “Yoshlar tinchlik va ishonch yoʻlida” mintaqaviy dasturini joriy etishni taklif qildi.

Batafsil: https://president.uz/oz/lists/view/8775 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom