Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
17.12.2025
|
62
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichining taklifiga binoan 18-20-dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Oʻzbekiston Prezidenti “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti davlat rahbarlarining birinchi sammitida ishtirok etadi. Tadbir doirasida “yashil iqtisodiyot” va barqaror taraqqiyot, oʻzaro bogʻliqlik va mintaqaviy sheriklikni mustahkamlash hamda inson resurslarini rivojlantirish kabi ustuvor sohalarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi. Sammit yakunlari boʻyicha Tokio deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan.
Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom