Yetakchilar bir-birlarini yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy tabriklab, ikki mamlakatning qardosh xalqlariga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

Tomonlar shuningdek mintaqaviy hamkorlikning asosiy masalalari ham muhokama qilib, kelgusi yilda bo'lajak uchrashuvlar rejasi ko'rib chiqdilar, xalqaro va mintaqaviy tadbirlarni birgalikda o'tkazishni davom ettirishga kelishib oldilar.
Mamlakatimiz yetakchisi va Qozog'istonning birinchi Prezidenti telefon orqali muloqotida tomonlar yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, qardosh mamlakatlarimiz xalqlariga tinchlik, barqarorlik va ravnaq tilaklarini izhor etdilar.
O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi do'stlik, yaxshi qo'shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari yuksak darajaga chiqqani, shuningdek, ko'p qirrali hamkorlik barcha ustuvor sohalarda izchil rivojlanayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
Batafsil: https://president.uz/oz/lists/view/8837