AQSH, Xitoy, Rossiya, Pokiston, Fransiya, Belgiya, Shvetsiya va Gruziyada, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari - Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmanistonda o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-ekspertlik konferensiyalarida ishtirok etish uchun 20 dan ortiq xorijiy tadqiqot safarlari amalga oshirildi.
Shu bilan birga, Institut O‘zbekistonda o‘tkazilgan ko‘plab xalqaro va mintaqaviy anjumanlarda, jumladan, Samarqandda bo‘lib o‘tgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida tematik qo‘shimcha tadbir tashkil etdi.
Bundan tashqari, MOXI Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjonning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan birgalikda Toshkentdagi diplomatik korpus uchun Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 7-Maslahat uchrashuvi yakunlari bo‘yicha brifing o‘tkazdi.
Institut, shuningdek, dunyoning 18 mamlakatidan 40 dan ortiq institutlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatib, hamkorlik tarmog‘ini kengaytirdi.
Xulosa qilib aytganda, barcha hamkorlarimizga hamkorlik uchun minnatdorlik bildiramiz va yangi yilda birgalikdagi ishlarni yanada rivojlantirishni maqsad qilganmiz.