Tadbir Institutning O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy diplomatik vakolatxonalar bilan muloqot va amaliy hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan dasturi doirasida o’tkaziladi.
Uchrashuv ekspertlar seminari shaklida tashkil etilib, O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi hamkorlikni, shuningdek, "C5+1" doirasidagi mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishning asosiy masalalariga bag‘ishlanadi.
Munozara davomida AQShning Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikka oid zamonaviy yondashuvlari, ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish istiqbollari, shuningdek, mintaqaviy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni mustahkamlashda ko‘p tomonlama mexanizmlarning o‘rni ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Ekspertlar muhokamasida davlat organlari, tegishli vazirlik va idoralar, tahlil va tadqiqot markazlari, professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar va talabalar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.
Ma’ruza AQSh va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha mazmunli fikr almashish maydoniga aylanishi, Amerika tomonining strategik yondashuvlarini chuqurroq anglash hamda kelgusidagi o’zaro aloqalarning amaliy shakllarini belgilashga xizmat qilishi kutilmoqda.