Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
06.03.2026
|
79
MOXIda Xalqaro xotin-qizlar kuni nishonlandi
2026-yil 6-mart kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida (MOXI) Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida institutning ayol xodimlari yaqinlashib kelayotgan bayram bilan tabriklanib, ularga MOXI faoliyatiga qo‘shgan hissalari uchun samimiy minnatdorchilik bildirildi.
Tantanali tadbir davomida director Javlon Vahobov so‘nggi yillarda O‘zbekistonda xotin-qizlarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy hayotidagi rolini oshirishga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilayotgani, buning natijasida boshqaruv tizimida xotin-qizlar ulushi 2017-yildan buyon 20 foizdan 35 foizga oshganini ta’kidladi.
Tadbir yakunida, an’anaga ko‘ra, xotin-qizlarga baxt-saodat va kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab, esdalik sovg‘alari topshirildi.