Anonslar
11.03.2026
|
238
MOXIda “O‘zbekiston–Tojikiston: ittifoqchilik va mintaqaviy hamkorlikning yangi istiqbollari” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi
2026-yil 12-mart kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida “O‘zbekiston–Tojikiston: ittifoqchilik va mintaqaviy hamkorlikning yangi istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Tadbir tashkilotchilari — Markaziy Osiyo xalqaro instituti hamda Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar markazi.

Konferensiyada O‘zbekiston-Tojikiston hamkorligining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinadi, shuningdek ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Konferensiya ishida rasmiy shaxslar, parlament tuzilmalari va diplomatik korpus vakillari, ishbilarmon doiralar va biznes birlashmalari, ikki mamlakatning tahliliy va ilmiy-tadqiqot institutlari mutaxassislari, shuningdek oliy ta’lim muassasalari, ijodiy uyushmalar va milliy madaniy markazlar vakillari ishtirok etadi.

Tadbir dasturi uchta sho‘’badan iborat:

  1. “O‘zbekiston va Tojikiston: ittifoqchilik sherikligining yangi sifat bosqichiga”;
  2. “Iqtisodiyot, transport, ta’lim, fan, madaniyat va turizm sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari”;
  3. “Ikki davlatning ko‘p tomonlama mintaqaviy formatlardagi hamkorligini mustahkamlash”.
Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom