Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
31.03.2026
|
49
“Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” Birinchi parlamentlararo hamkorlik forumi o‘z ishini boshladi
Qadimiy va navqiron Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” Birinchi parlamentlararo hamkorlik forumi o‘z ishini boshladi. Avval xabar berganimizdek, mazkur tashabbus davlatimiz rahbari tomonidan 2025 yil 4 aprel kuni bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammitida ilgari surilgan edi.

Xalqaro muloqotda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston parlamentlari vakillari, Yevropa parlamenti a’zolari, ekspertlar, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyati, akademik doiralar hamda biznes vakillari ishtirok etmoqda.

Forum doirasida bugungi siyosiy muloqotning holati va uning kelgusi istiqbollari, “yashil” transformatsiya, o‘zaro iqtisodiy bog‘liqlik, raqamli makon xavfsizligi, inklyuziv boshqaruv hamda parlament diplomatiyasining zamonaviy ahamiyati kabi dolzarb masalalar yuzasidan muhim sessiyalar o‘tkaziladi.



Batafsil: https://senat.uz/international-cooperation/post-4800 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom