Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
27.04.2026
|
44
Markaziy Osiyo davlatlari suv-energetika tizimlarini muvofiqlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida kelishib oldi
27 - aprel kuni Bishkekda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston energetika va suv xo‘jaligi vazirlarining mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda kuz-qish mavsumi yakunlari, energiya ta’minoti ishonchliligini oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. 2026−2027-yilgi vegetatsiya mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, jumladan, tizimning barqaror ishlashi va yuklamani muvozanatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar muvofiqlashtirilgan ish rejimlarini amalga oshirishni davom ettirish, tarmoqlararo muvofiqlashtirishni kuchaytirish va mintaqaviy energetika hamkorligini chuqurlashtirishga kelishib oldilar.

 Batafsil: https://gov.uz/oz/news/view/158214 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom