Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
17.06.2026
|
75
O‘zbekiston Prezidenti mamlakatni investitsiyaviy rivojlantirishning yangi bosqichidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilab berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev V Toshkent xalqaro investitsiya forumida nutq so‘zladi.

Quyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan asosiy tashabbuslar:

✅ ishtirokchilar uchun asosiy soliqlar bo‘yicha nol stavkalar joriy etiladigan, shuningdek ingliz huquqi tamoyillari va mustaqil tijorat sudi kabi xalqaro huquqiy mexanizmlar tatbiq etiladigan Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish taklif etildi;

✅ kapital bozorini rivojlantirish va muqobil moliyalashtirish vositalarini kengaytirish, jumladan “Kapital bozori to‘g‘risida” va “Muqobil investitsiya fondlari to‘g‘risida”gi qonunlarni qabul qilish tashabbusi ilgari surildi;

✅ mashinasozlik, kimyo sanoati, elektrotexnika, farmatsevtika hamda qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalarida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va yangi qo‘shilgan qiymat zanjirlarini shakllantirish taklif etildi;

✅ “yashil” energetika va sun’iy intellekt sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish, jumladan energiya saqlash tizimlarini rivojlantirish, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, data-markazlar yaratish hamda milliy raqamli va AI dasturlarini joriy etish tashabbusi ilgari surildi;

✅ Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li, Transafg‘on yo‘lagi va O‘rta koridorni rivojlantirish, shuningdek yangi xalqaro aeroportlar va logistika markazlarini barpo etishni o‘z ichiga olgan mintaqaviy transport-logistika loyihalarini jadallashtirish taklif etildi;

✅ xususiy investitsiyalarni jalb etgan holda urbanizatsiya dasturlari, yangi shaharlar qurilishi, uy-joy sektori, turizm va agrosanoatni rivojlantirish orqali investitsion hamkorlikni mintaqaviy rivojlanish darajasiga olib chiqish tashabbusi ilgari surildi;

✅ Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari investitsiya kengashlarining mintaqaviy alyansini tashkil etish orqali mintaqalararo hamkorlikni kuchaytirish va yanada uyg‘un hamda jozibador investitsiya muhitini shakllantirish muhimligi qayd etildi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom