Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
01.07.2026
|
104
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-3-iyul kunlari Gruziyaga davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Bu O‘zbekiston Prezidentining so‘nggi 23 yil ichida Gruziyaga amalga oshirayotgan ilk oliy darajadagi tashrifi bo‘ladi. Avvalgi bunday tashrif 2003-yilda bo‘lib o‘tgan.

Gruziyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalari faollashib borayotgani, jumladan, Bosh vazir Irakliy Kobaxidzening yaqinda Qirg‘iziston va Qozog‘istonda o‘tkazgan muzokaralari, shuningdek, bo‘lajak O‘zbekiston–Gruziya oliy darajadagi uchrashuvlari mintaqalararo muloqot sifat jihatidan yangi bosqichga chiqayotganini ko‘rsatadi.

Bunday jarayonlar fonida Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz o‘rtasidagi hamkorlik tobora mustahkamlanib, ushbu keng mintaqani mintaqalararo savdo, transport va siyosiy-iqtisodiy hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biriga aylantirmoqda.

 Batafsil: https://president.uz/oz/lists/view/9369 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom