Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
30.07.2026
|
414
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Sadir Japarovning taklifiga binoan 30-iyul – 1-avgust kunlari davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonda bo‘ladi.
Oliy darajadagi muzokaralar chog‘ida savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport sohasidagi o‘zaro bog‘liqlik hamda madaniy-gumanitar almashinuvni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Sammit yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolanishi rejalashtirilgan.
Tashrif doirasida mamlakatimiz Prezidenti Cho‘lpon-Ota shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy maslahat uchrashuvida ham ishtirok etadi.
Batafsil: https://president.uz/uz/lists/view/9465