Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
31.07.2026
|
152
31-iyul kuni Cho‘lpon-Ota shahrida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z so‘zida Ozarbayjonning ushbu formatga qo‘shilishi hamkorlikni makromintaqaviy darajaga olib chiqib, Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va Afg‘onistonni birlashtiruvchi yagona taraqqiyot makonini shakllantirish imkoniyatini yaratishini alohida ta’kidladi.

Transport va raqamli o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash, mintaqaviy ta’lim va innovatsiyalar xabini shakllantirish, iqlim o‘zgarishlari chaqiriqlariga birgalikda moslashish hamda gumanitar yo‘nalish va umumiy mintaqaviy o‘ziga xoslikni rivojlantirish asosiy ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilab olindi.

Sammit yakunida Cho‘lpon-Ota deklaratsiyasi qabul qilindi. Davlat rahbarlarining navbatdagi uchrashuvi joriy yil 8-oktyabr kuni Turkmanistonning Avaza shahrida bo‘lib o‘tadi.

Batafsil: https://president.uz/oz/lists/view/9476 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom