Yig‘ilishda YEOII mamlakatlari hukumat rahbarlari bilan bir qatorda O‘zbekiston ham kuzatuvchi davlat sifatida ishtirok etdi. Mamlakat delegatsiyasiga Bosh vazir Abdulla Aripov boshchilik qildi.

A. Aripov yig‘ilishda so‘zga chiqib, O‘zbekistonning YEOII mamlakatlari bilan amaliy hamkorligini kengaytirish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdi. Ular jumlasiga elektron hujjatlarni o‘zaro tan olish, “aqlli” transport-bojxona yo‘lagini yaratish, sanoat kooperatsiyasi dasturini tayyorlash va qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun loyiha ofisini tashkil etish kiradi.
Shuningdek, milliy bandlik platformasini “Chegarasiz ish” tizimi bilan integratsiya qilish, sanoatni “yashil” transformatsiya qilish dasturini ishlab chiqish va turizm sohasini kengaytirish taklif etildi.