Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
15.08.2026
|
568
Emomali Rahmon: “Tursunzoda shahrining o‘zbekzabon aholisini o‘zbek ta’lim muassasalari va darsliklari bilan ta’minlash zarur”
Tojikiston prezidenti Tursunzodaga ish safari chog‘ida mas’ul shaxslarga shaharning o‘zbekzabon aholisi uchun o‘zbek tilida ta’lim beriladigan maktablar qurish hamda ularni ona tilidagi darslik va o‘quv materiallari bilan ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi.
Bu topshiriq Tojikiston davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida foydalanishga topshirilgan obyektlardan biri – 21-sonli umumta’lim muassasasining ochilish marosimida aytildi.