Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
15.08.2026
|
268
Xivada o‘tkazilgan “Qovun sayli — 2026” festivali dunyodagi eng ko‘p qovun navlari degustatsiya qilingan tadbir sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.
Tadbir davomida qovunning 250 ta navi va ulardan tayyorlangan 200 dan ortiq mahsulot turi namoyish etildi. Ishtirokchilar 259 ta navni tatib ko‘rdi va aynan shu natija rekord o‘rnatilishiga asos bo‘ldi.
Uch kun ichida tadbirga bir milliondan ortiq kishi, jumladan, 30 mingdan ziyod xorijiy sayyoh tashrif buyurdi.