O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
29.08.2026
|
453
Keyingi o‘n yillik O‘zbekiston uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi
Yangi Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev kelgusi o‘n yillik biz uchun milliy yuksalish davri bo‘lishini ta’kidladi.

Tabrik nutqidan asosiy tezislar:

✅ bilim va ko‘nikmalarni kelajak taraqqiyotining asosiy kapitaliga aylantirish maqsadida 1 million nafargacha yoshga talab yuqori bo‘lgan va yuqori daromadli kasblar bo‘yicha ta’lim beriladi;

✅ IT, sun’iy intellekt va kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish natijasida 10 million nafar yosh raqamli industriyaga jalb etilib, kelajak kasblarini egallaydi;

✅ yaqin yillarda kamida 10 ta universitetimiz dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalari TOP-1000 taligidan joy oladi;

✅ keyingi besh yil davomida sog‘liqni saqlashga davlat xarajatlari YAIMning 5 foizigacha oshiriladi;

✅ kelgusi o‘n yil ichida 450 milliard dollar miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb etiladi;

✅ 2030-yilga borib yalpi ichki mahsulot hajmi 300 milliard dollarga yetkaziladi;

✅ kelgusi o‘n yil davomida sanoat sohasida 2 millionta yuqori daromadli ish o‘rni yaratiladi va aholi jon boshiga YAIM 10 ming dollardan oshadi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom