Anonslar
29.10.2026
|
230
MOXIda Markaziy Osiyo va Ozarbayjon o‘rtasidagi hamkorlikning yangi istiqbollari muhokama qilinadi
2026-yil 30-oktabr kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida (MOXI) “Markaziy Osiyo va Ozarbayjon: ishonch va hamkorlikka asoslangan yangi siyosiy muhit” mavzusida ekspertlik-diplomatik muloqot bo‘lib o‘tadi.

Tadbir Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlatlari rahbarlarining joriy yilning 31-iyul kuni Cho‘lpon-Otada bo‘lib o‘tgan norasmiy uchrashuvi hamda 8-oktabr kuni Avazada o‘tkazilgan VIII Maslahat uchrashuvi yakunlariga bag‘ishlanadi.
 
Muloqot davomida oliy darajadagi mazkur uchrashuvlarda erishilgan asosiy kelishuvlar, ilgari surilgan tashabbuslar hamda ularni amaliy ro‘yobga chiqarish istiqbollari muhokama qilinadi. Siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish, transport bog‘liqligini yaxshilash hamda mintaqaviy hamkorlikning yangi mexanizmlarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
 
Tadbirda O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar rahbarlari, vazirlik va idoralar, yetakchi tahlil markazlari xodimlari, ekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom
Savolingiz bormi? AI Maslahatchi
IICA
IICA Virtual Assistant
Onlayn