“Bir makon va bir yo‘l: Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun yangi imkoniyatlar” mavzusidagi “davra suhbati”
11.10.2023
|
195
Beybut Atamqulov, Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi:

- Markaziy Osiyo davlatlari transport va tranzit infratuzilmasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratib, Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklash tashabbusida faol ishtirok etmoqda;

- Transport-kommunikatsiya va energetika sohasidagi har qanday yirik mintaqaviy loyihalarni mintaqa mamlakatlari bilan faol hamkorlik qilmasdan, ularning yuqori darajadagi integratsiyasini ta'minlamasdan amalga oshirish mumkin emas;

- Davom etayotgan geosiyosiy qarama-qarshilik sharoitida “Bir makon va bir yo‘l" tashabbusi Markaziy Osiyo davlatlarining zamonaviy chaqiruv va tahdidlarga chidamliligiga hissa qo'shishi va tashqi qaramlikni kamaytirishi mumkin;

– Qirg‘iziston-Xitoy-O‘zbekiston temir yo‘lining ahamiyati shundaki, u mintaqaning mavjud transport arteriyalarini to‘ldiradi, ular bilan raqobatlashmaydi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom