Markaziy Osiyo xalqaro instituti bo‘sh ish o‘rinlari uchun tanlov e’lon qiladi
01.11.2024
|
700
Lavozimlar: Nashriyot bo‘limi mudiri.
Talablar:
- ommaviy axborot vositalari bilan ishlash va jurnalistika sohasida oliy ma’lumot;
- axborot texnologiyalari bilan ishlash tizimlari sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi;
- zamonaviy texnologiyalarni bilish, kompyuter savodxonligining ilg‘or darajasi (Photoshop Adobe, AI, Excel, Word va boshqalar);
- o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish;
Majburiyati:
- Institut direktori tomonidan belgilangan talablarga muvofiq axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
- ma’lumotlarni Institut rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlarida izchil joylashtirish va o‘z vaqtida, jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda yangilab borish;
- milliy va xalqaro (O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan) ommaviy axborot vositalari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta’minlash;
- Institut bilan muntazam hamkorlik qiladigan jurnalistlar jamoasini shakllantirish;
- axborot xabarlarini tarqatish (matbuot ma’lumotlari, press-relizlar va boshqalar), intervyular tashkil etish;
- institut bo‘linmalari bilan birgalikda hisobotlar va press-relizlar tayyorlash.
Ish haqi:
- ish staji va kasbiy ko‘nikmalariga qarab kelishuv asosida.
Ishlash sharoiti:
- kasbiy o‘sish va rivojlanish uchun keng imkoniyatlar;
- tajribali mutaxassislar jamoasi;
- to‘liq stavka.
Qo‘shimcha talablar:
Bo‘sh ish o‘rni uchun ariza va hujjatlarning nusxalari hr@iica.uz elektron pochtaga yuborilishi kerak.