Voqealar
28.10.2024
|
64
Direktor Javlon Vaxabov “O‘zbekiston tashqi siyosati: tinchlik, ochiqlik va farovonlik yo‘lida” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etdi
Davra suhbatida direktor Javlon Vaxabov bilan bir qatorda Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, Prezidentimizning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev va Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Bahromjon Aloyevlar ishtirok etishdi.

Direktor Javlon Vaxabov oʻtgan yillar davomida mintaqaviy yaqinlashuv boʻyicha erishilgan eng muhim yutuqlar va Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlarida raislik qilishi chogʻida erishilishi lozim boʻlgan asosiy ustuvor maqsadlar haqida so’zladi. CNN muxbiri Salma Abdelazizga ajoyib moderator bo'lgani va shunday taniqli panelistlar guruhini birlashtirgani uchun rahmat aytdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom