Voqealar
12.11.2025
|
379
Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb Markaziy Osiyo xalqaro institutiga tashrif buyurdi.
MOXI o‘z tarixida ilk bor xorijiy davlat rahbarini qabul qildi.

Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI)ning Mehmonlar kitobiga imzo chekib, institutimizga tarixiy tashrif qilgan birinchi xorijiy davlat rahbari bo‘ldi.

Izohida Prezident Aleksandr Stubb MOXIga iliq kutib olgani uchun minnatdorlik bildirib, shunday yozdi: «Tashqi siyosat hech qachon turg'un bo‘lmaydi — g‘oyalar doimo harakatda bo‘ladi». Oddiy, lekin chuqur ma’noli so‘zlar — diplomatiya muloqot, harakat va doimiy rivojlanish ustida qurilganligini eslatadi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom