Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, "Markaziy Osiyo + Italiya" formati doirasida aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, ikki mamlakatning yetakchi tahlil markazlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
MOXI direktori Javlon Vaxabov Elchiga Institut faoliyati, uning asosiy maqsad va ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek Markaziy Osiyoda ro‘y berayotgan jarayonlar, shuningdek, 2025-yilda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.
O‘z navbatida, Gvido de Sanktis ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilganligi, bu savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganligini ta’kidladi.
Mintaqaviy siyosatning muvaffaqiyatlariga hamda mintaqada barqarorlik va uning izchil taraqqiyotini ta’minlash uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilayotgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvining tobora ortib borayotgan roliga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini birgalikda ko’rib chiqish va ikki tomonlama kun tartibi hamda davlatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsadida O‘zbekiston va Italiya tahliliy markazlari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalalari ham muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli sheriklikni shakllantirishga qaratilgan ikki tomonlama o’zaro hamkorlikni chuqurlashtirish va ekspertlar muloqoti formatlarini kengaytirishga tayyorlik bildirildi.