Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Norvegiya o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari, shuningdek “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” yangi ko‘p tomonlama platformasi doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, Norvegiya parlamentida Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni rivojlantirish maqsadida norvegiyalik deputatlarni birlashtiradigan Markaziy Osiyo bilan parlament do‘stlik guruhini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Javlon Vaxabov ta’kidlashicha, Norvegiya Finlyandiya va Shvetsiyadan keyin Shimoliy Yevropada bunday hamkorlik formati institutsionallashtiriladigan uchinchi davlatga aylanadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, parlamentlar o‘rtasidagi mazkur hamkorlik formati gumanitar almashinuvlarni rivojlantirishga, jamiyatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga hamda Norvegiyaning siyosiy qaror qabul qiluvchi doiralari orasida Markaziy Osiyodagi zamonaviy jarayonlar va imkoniyatlar haqida xabardorlikni oshirishga xizmat qiladi.


