Uchrashuv davomida tomonlar mintaqaviy tendensiyalar, Markaziy Osiyodagi integratsion jarayonlar hamda MOXI bilan fin tadqiqot markazlari o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashdilar.
Elchi Raisanen MOXIning tashqi siyosiy tashabbuslarni tahlil qilish, mintaqalararo formatlarni qo‘llab‑quvvatlash hamda ekspert tadbirlarini tashkil etish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlari bilan tanishtirildi. U O‘zbekistonning mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha sa’y‑harakatlarini yuqori baholab, Markaziy Osiyoni “barqarorlikning beshigi” deb atadi hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning integratsion jarayonlarni ilgari surishdagi rolini alohida ta’kidladi.
Uchrashuvda Finlyandiya xalqaro munosabatlar instituti hamda Helsinki universiteti qoshidagi Aleksanteri instituti kabi yetakchi fin tadqiqot markazlari bilan aloqalar o‘rnatish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Elchi Raisanen Markaziy Osiyo mavzusi bo‘yicha faoliyat yurituvchi fin akademik va ekspert muassasalari bilan sheriklikni rivojlantirishga ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.
Shuningdek, Finlyandiya OSCE raisligiga kirishayotganidan kelib chiqib, hamkorlik doirasida ma’ruza, seminar va ilmiy dasturlarni o‘tkazish, ekspert muhokamalarini tashkil etish imkoniyatlariga e’lon qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar muntazam aloqalarni davom ettirish va akademik hamda tahliliy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan aniq tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.