Voqealar
24.02.2026
|
180
Markaziy Osiyo xalqaro instituti va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi o’zaro hamkorlikni rivojlantirmoqda
MOXI delegatsiyasining Boku shahriga tashrifi doirasida Institut direktori Javlon Vaxabov Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori Urxan Alekperov bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarining bugungi holatini muhokama qildilar hamda ikki tomonlama hamkorlikni, jumladan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, ikki mamlakatning tahliliy va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasida yaqindan hamkorlik qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Javlon Vaxabov o‘zining kirish so‘zida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlar jadal rivojlanayotganini va ikki davlat rahbarlarining ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashdagi muhim rolini alohida ta’kidladi. O‘tgan yil noyabr oyida Toshkent sammitida qabul qilingan Ozarbayjon Respublikasining Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari formatiga qo‘shilishi to‘g‘risidagi tarixiy qarorning ahamiyati qayd etildi. MOXI direktori ushbu qadam Ozarbayjon va mintaqa davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik ko‘p yillardan buyon muvaffaqiyatli rivojlanib kelayotganligi bois juda mantiqiy va ahamiyatli ekanigini ta’kidladi.

O‘z navbatida, Akademiya rektori Urxan Alekperov ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va konstruktiv hamkorlikning yuqori darajasini alohida qayd etdi, bu esa ikki tomonlama munosabatlarning barcha yo‘nalishlariga ijobiy sur’at bag‘ishlayotganini ta’kidladi. U ikki ilmiy va tahliliy muassasa o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish hamda barqaror ekspertlik aloqalarini shakllantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida MOXI va Davlat boshqaruvi akademiyasi o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlik rivojini ta'minlovchi Hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Davlat boshqaruvi akademiyasi 1999-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi yagona oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Akademiya davlat xizmatchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek davlat boshqaruvi sohasida ilmiy va tahliliy faoliyatni amalga oshiradi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom