Muloqot davomida tomonlar MOXI va ODI o‘rtasidagi ekspertlik hamkorligining joriy holatini ko‘rib chiqib, mintaqaviy rivojlanish va barqarorlikka oid dolzarb masalalarda fikr almashdilar. Ta’kidlanganidek, ikki institut o‘rtasidagi hamkorlik barqaror rivojlanish va mintaqaviy kooperatsiyani ilgari suruvchi amaliy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida muntazam tahliliy materiallar va ekspertlik fikrlarini almashish uchun mustahkam zamin yaratgan.
Uchrashuvda avvalroq Toshkentda bo‘lib o‘tgan muloqotda erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tomonlar keyingi harakatlarni muvofiqlashtirish, ilmiy-tadqiqot aloqalarini mustahkamlash hamda ekspertlararo muloqotlar, tahliliy nashrlar va xalqaro hamkorlar bilan o‘zaro hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Tomonlar konstruktiv dialogni davom ettirish va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini tasdiqlab, bu ilmiy-analitik salohiyatni mustahkamlashga hamda mintaqaviy va global barqarorlik masalalarida uyg‘un yondashuvlarni ilgari surishga xizmat qilishini ta’kidladilar.
Xalqaro Taraqqiyot Instituti (ODI, London) – Buyuk Britaniyaning yetakchi mustaqil tahliliy markazi bo‘lib, xalqaro siyosat, global xavf-xatarlar va barqaror rivojlanish masalalarida ixtisoslashgan, jahon miqyosidagi siyosiy qarorlar va amaliy tashabbuslarni shakllantirishda faol intellektual hissa qo‘shib keladi.